Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
Huquqiy sohada ilmiy tadqiqotlar va ekspertiza xizmatlari
Hamkorlik
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 1968-yilda tashkil etilgan bo‘lib, makroiqtisodiy va mintaqaviy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish va prognozlashga ixtisoslashgan. Institut 2023-yilda Prezidentning PQ–108-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida qayta tashkil etilgan.
Institut Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Jahon banki, OTB, GIZ va BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi 3129-IV-son Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti jinoyatchilik tendensiyalari va omillarini kompleks ilmiy o‘rganish, kriminogen vaziyatni tahlil va prognoz qilish hamda jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishga ixtisoslashgan.
Institut jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, hududlardagi kriminogen holatni ilmiy baholash, ilg‘or xorijiy kriminologik tajribalarni joriy etish, surishtiruv va tergov organlariga uslubiy ko‘maklashish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.