TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
 Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti jamoasi 18-aprel kuni Samarqand shahrida sayohatda bo'lishdi
2026-04-18

Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti jamoasi 18-aprel kuni Samarqand shahrida sayohatda bo'lishdi

Davlatimiz Rahbari tomonidan aholining tarixiy qadamjolarga tashrifini ko‘paytirish, obod maskanlar bilan yaqindan tanishtirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹Ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoni bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida har oyning ikkinchi hafta shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilangan.
📍Dam olish kunida jamoa qadimgi Samarqandning tarixiy qadamjolari, me’moriy obidalari va shaharning diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishdi.
✨ Mazkur sayohat xodimlar uchun nafaqat ma’naviy hordiq, balki jamoaviy birdamlik va do‘stona muhitni kuchaytirishga xizmat qiladi.