TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishni takomillashtirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada tashkil etildi.
2026-03-25

Mazkur tadbir doirasida ekologiya sohasidagi amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, xalqaro tajribani o‘rganish va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Anjuman yakunida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, ekologik siyosat samaradorligini oshirish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.