TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
2026-06-15

Qonunchilik hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida belgilangan vazifalar:

Institut shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha professional xizmatlar ko‘rsatadi.

Mazkur xizmat qonunchilik hujjatlarining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga, huquqiy tartibga solish tamoyillariga hamda yuridik texnika talablariga muvofiqligini baholashga qaratiladi. Huquqiy ekspertiza jarayonida hujjat normalarining aniqligi, izchilligi, bir-biriga zid emasligi, huquqiy bo‘shliqlar mavjudligi hamda ularni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy muammolar tahlil qilinadi va natijalari bo‘yicha asoslantirilgan xulosa tayyorlanadi.