O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida belgilangan vazifalar:
Institut shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha professional xizmatlar ko‘rsatadi.
Mazkur xizmat qonunchilik hujjatlarining ilmiy asoslanganligi, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi zarurati, kutilayotgan natijalari hamda amaliy ta’sirini baholashga qaratiladi. Ilmiy ekspertiza jarayonida hujjatda nazarda tutilayotgan normalarning dolzarbligi, ularning mavjud muammolarni hal etishdagi samaradorligi, ilmiy-nazariy yondashuvlarga muvofiqligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’siri tahlil qilinadi va natijalari bo‘yicha asoslantirilgan xulosa tayyorlanadi.