TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti

Rahbariyat

Institut rahbariyati yuqori malakali mutaxassislar va tajribali professional lardan iborat

Rabiev Sherzod Mirjalilovich

Rabiev Sherzod Mirjalilovich

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti direktori

Qabul kunlari

Dushanba–Chorshanba–Juma soat 15:00 dan 17:00 gacha

Tarjimai hol

Sherzod Rabiyev Mirjalilovich 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida, so‘ngra Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, mazkur tizimda turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Saliev Farrux Nuritdinovich

Saliev Farrux Nuritdinovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktori o‘rinbosari

Qabul kunlari

Seshanba-Payshanba soat 15:00 dan 17:00 gacha

Tarjimai hol

Saliyev Farrux Nuritdinovich – 1988-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi.

2010-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavr bosqichini, 2012-yilda ushbu universitetining magistraturara bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan. 2013-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining katta, yetakchi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida, 2021-2025-yillarda Adliya vazirligining Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yilning sentyabr oyidagi tegishli buyrug‘iga asosan hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktori o‘rinbosari  lavozimida faoliyat olib bormoqda.