TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
2026-06-15

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida belgilangan vazifalar:

Institut shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha professional xizmatlar ko‘rsatadi.

Mazkur xizmat qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, ularning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish hamda bartaraf etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqishga qaratiladi. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza amaldagi qonunchilikda belgilangan maxsus metodologiya va baholash mezonlari asosida amalga oshirilib, uning natijalari bo‘yicha tegishli xulosa tayyorlanadi.