TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
2026-06-10

Qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni baholash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida belgilangan vazifalar:

Institut shartnoma asosida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni baholash bo‘yicha professional xizmatlar ko‘rsatadi.

Mazkur xizmat ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish zaruratini aniqlash, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni hal etishga qaratilgan asosli qonunchilik takliflarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. Loyihalarni baholash jarayonida ularning dolzarbligi, huquqiy tartibga solish maqsadlariga muvofiqligi, kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy oqibatlari, shuningdek, amaliyotda qo‘llash samaradorligi tahlil qilinadi va natijalari bo‘yicha asoslantirilgan xulosa yoki takliflar tayyorlanadi.