TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
Joriy yilning 13-fevral kuni Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
2026-02-13

Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad - tomonlar o‘rtasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda o‘zaro hamkorlik qilish, baholash, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash va ta’sirini o‘rganish sohasida o‘zaro ilmiy ishlarni amalga oshirish, tartibga solish ta’sirini baholash samaradorligini oshirish hamda qonunchilikdagi dolzarb masalalarni ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish orqali yechim topishdan iborat.