Ushbu hujjat qonun ijodkorligi jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonida tahliliy yondashuvni kuchaytirish hamda parlament nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Memorandum doirasida qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ilmiy va tahliliy ekspertizadan o‘tkaziladi, shuningdek, parlament nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunchilikni rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga nazarda tutilgan.