TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash institutida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.
2026-02-24

Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash institutida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey o'quvchilari qatnashib, institut faoliyati, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan tahlillar hamda tartibga solish ta’sirini baholash jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, institut mutaxassislari tomonidan tartibga solish ta’sirini baholashning ahamiyati, uning tadbirkorlik muhiti va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida mehmonlar institut faoliyatiga ijobiy baho berib, bunday ochiq muloqot maydonlari kelgusida ham muntazam tashkil etilishi muhimligini ta’kidlashdi.