TSTB
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
 Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash institutida Ochiq eshiklar kuni
2 soat 25 talaba O'zbekiston, Toshkent sh, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 14-uy

Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash institutida Ochiq eshiklar kuni

Tadbir doirasida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining 2-guruhi o‘quvchilari tashrif buyurib, institut faoliyati, asosiy yo‘nalishlari va dolzarb loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur o'quv kursi Adliya vazirligi hamda uning huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti tomonidan tashkil etildi.

🟤Bugungi mashg‘ulotlarda tinglovchilarga quyidagi mavzular bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi:
➡️Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti;
➡️Tartibga solish orqali erishilishi lozim bo‘lgan maqsadlarni belgilash (ex-ante);
➡️Muqobil usullarni aniqlash (ex-ante) va ularning iqtisodiy tahlili.
💡Mashg‘ulot davomida muammoni aniqlash, davlat aralashuvi zarurati, tartibga solishdan kutilayotgan natijalar, muqobil variantlarni solishtirish va ularning iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha real misollar asosida ishlash jarayonlari amalga oshirildi.